IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Podpolkovnik Azimjon Yusupovich Xoliqov Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Azimjon Xoliqov Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik O‘ktamjon Yoriyevich Soyibov Buxoro viloyati IIB Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O‘ktamjon Soyibov Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i v.b. lavozimida faoliyat yuritgan

Podpolkovnik Jahongir Erkinovich Abramov Sirdaryo viloyati IIB Boyovut tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jahongir Abramov Sirdaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov Ichki ishlar

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing