IIV: Navoiyda YHXB inspektori kaltaklandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 avgust kuni soat 19:10 larda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB inspektori Navoiy shahar, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan, davlat raqam belgisi 85 971 SAA bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinani piyodaga yo‘l bermaganligi uchun to‘xtatib, haydovchidan avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan.

IIV Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, haydovchi Jasur Sayitovda mazkur avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlari bo‘lmagan. Shu sababli, inspektor qonuniy tartibda haydovchi Jasur Sayitovga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani Navoiy shahridagi jarima maydonchasiga olib kelgan.

Bundan xabar topgan haydovchi Jasur Sayitovning 44 yoshli otasi Alisher Hayitov jarima maydonchasiga mast holatda kelib, inspektor tomonidan avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilishiga faol qarshilik ko‘rsatgan.  So‘ng uni haqoratlab, unga qo‘l ko‘targan va tan jarohati yetkazgan. Natijada jiddiy jarohat olib, RSHTYOIM Navoiy filialiga olib borilgan. Hozirda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy janjal

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing