IIV kecha Toshkentda nima bo‘lganini ochiqladi
Jamiyat
−
16 avgust 2019
7228Avvalroq, Toshkent shahri Mirobod tumani “Grand Mir” mehmonxonasi yaqinida noma’lum shaxs tomonidan qog‘oz quti tashalb ketilgani, voqea joyiga IIV, FVV, SSV va Milliy gvardiya xodimlari yetib kelgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat bo‘yicha IIV rasmiy xabar berdi.
Unda kecha, 15 avgust kuni soat 18:15lar atrofida Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati xodimlari Mirobod tumanining Mirobod ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy oldida shubhali bir necha qog‘oz qutilari yotganligini aniqlab, Mirobod tumani 2-sonli Ichki ishlar bo‘limiga xabar bergani qayd etilgan.
Zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari tomonidan tekshirilganda, ushbu qog‘oz qutilar bo‘shligi ma’lum bo‘lgan.
Voqea joyida o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari jarayonida, qoldirib ketilgan qog‘oz qutilari shu ko‘chadagi uyning 1-qavatida joylashgan oyoq kiyimlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon xodimlari tomonidan qo‘yib ketilganligi aniqlandi.
"Hech qanday vahimaga hojat yo‘qligini bildirgan holda, aholidan har qanday sharoitda ham hushyorlikni yo‘qotmaslikni so‘rab qolamiz", deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi