IIV elektron bazasida jarimalarni to‘lash imkoniyati cheklanmoqda
Jamiyat
−
28 iyun
6230Ichki ishlar vazirligining tegishli elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uzilishlar oqibatida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lash bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati cheklanmoqda.
“Hozirda mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligi va qisqa muddatlarda to‘lov tizimlari ishga tushirilishini ma’lum qilamiz. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyilgan xabarda.
Bildirilishicha, 2024 yil 26 iyun kunidan boshlab texnik muammo bartaraf etilguniga qadar bo‘lgan davr ichida jarima qarorlarining o‘tib ketgan imtiyozli davri avtomatik ravishda qayta tiklab beriladi.
LiveBarchasi