IIV bilan bog‘lanish uchun maxsus Telegram-bot ishga tushdi (video)

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, endilikda @iiv_shxbb_bot orqali ichki ishlar organlari xodimining korrupsiya, tamagirlik, yoki boshqa noo‘rin xatti-harakatlari, shuningdek, xodimlar xizmatda duch kelayotgan muammolari haqida tez va oson xabar berishi mumkin.

Bildirilishicha, botning asosiy vazifasi – Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan samarali aloqa o‘rnatish, muammolarni erta aniqlash, tizimda shaffoflik va adolatni ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hisoblanadi.

“Har bir xabar tezkor tekshirilib, murojaat etuvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.

Bot orqali murojaat – @iiv_shxbb_bot.

Shuningdek, qo‘shimcha ravishda Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining 71-231-31-74 ishonch telefon raqami orqali ham xabar yo‘llash mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ichki ishlar vazirligi Telegram-bot Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing