IIV ba’zi masalalarda jamoatchilikni o‘zini tiyib olishga chaqirdi

Jamiyat

image

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimiga nisbatan fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 2018 yilning avgust oylarida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Sharilloq” mahallasi hududida sodir etilgan. Voqea tafsilotiga ko‘ra, hududning profilaktika inspektori, jamoat tartibini buzayotgan mast holdagi uch nafar fuqaroni tinchlantirish jarayonida, shu atrofda bo‘lgan ayrim shaxslar tomonidan faol qarshilikka uchragan va unga nisbatan bir guruh fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilgan.

Huquqbuzarlik sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan, o‘rnatilgan tartibda qat’iy qonuniy choralar ko‘rilgan.

“Ichki ishlar vazirligi jamoatchilikdan, ichki ishlar organlari xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan videotasvirlarni tarqatishdan o‘zlarini tiyishlarini, ushbu harakatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishini ta’kidlab o‘tadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

IIV munosabat

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing