IIBB YTHga uchragan avtobus bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentda “Chorsu” savdo markazi – Ko‘kcha Oqlon mahallasi” yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobus betonga urilib, ag‘darilgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati mazkur YTH yuzasidan ma’lumot berdi.

Bugun, 6 mart kuni soat 9:30 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasida “18-Avtobus saroyi” MCHJga qarashli 27-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Isuzu rusumli avtobus haydovchisi 53 yoshli Abdulla U. boshqaruvni yo‘qotib, simyog‘och, beton to‘siq va metall panjaraga urilgan.

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, YTHda bir kishi yengil jarohatlangan va shifoxonaga olib borib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent avtobus

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing