IIBB va prokuraturada videokonferensaloqa rejimida ham tergov o‘tkazish mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar prokuraturasi tergov bo‘linmalari va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasining faoliyati xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq namunaviy tarzda tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan farmonda aytilgan.

Ushbu tergov bo‘linmalari zamonaviy kriminalistik uskunalar bilan jihozlangan avtotransport vositalari, protsessual harakatlarni audio va videoga qayd etish tizimlari hamda stenografiya qilish uskunalari bilan ta’minlanadi. 

Tergov xonalari zamonaviy tarzda, xalqaro standartlarga moslashtirilib, shaxslarning himoyachi bilan xoli uchrashishi uchun mo‘ljallagan holda tashkil etiladi.

Shu bilan birga, tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarini texnik vositalar va uskunalar bilan to‘liq jihozlash choralari ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Toshkent shahar prokuraturasi

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing