Namanganda shifokorning ko‘r bo‘lib qolishi ortidan jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
05 yanvar 2020
7621Avvalroq, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida shifoxonaga olib kelingan bemor bolaning tog‘asi shifokorni kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Natijada shifokor ko‘rish qobiliyatini butkul yo‘qotgandi. Mazkur holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Tergov deparatmenti ham ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 2 yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda Uchqo‘rg‘on tumanining markaziy shifoxonasida 29 yoshli B.T. tibbiyot xodimlaridan o‘zining kichik yoshli jiyaniga tibbiy yordam ko‘rsatishni qo‘pol tarzda talab qilgan. Shuningdek, u yerda xizmat olib borayotgan 58 yoshli navbatchi jarroh O.K. bilan janjallashib, uning yuziga urib tan jarohati yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, O.K. og‘ir tan jarohati olganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. B.T. protsessual tartibda ushlangan.
LiveBarchasi