DXX va BP 28 000 dollarga “simob” sotayotgan firibgarni qo‘lga oldi

Jamiyat

image

Namanganda 28 000 AQSH dollari evaziga “simob” sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro O.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida, tarkibida simob moddasi mavjud deb shubhalanilgan, kukun shaklidagi ashyoni xaridor J.ga firibgarlik yo‘li bilan 28 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, bir dona shisha idishdagi kukunsimon moddani 18 000 AQSH dollari va 101 mln so‘mga o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu kukunsimon modda aslida “simob” emas, balki “alyuminon” moddasi ekanligini tasdiqlagan.

Mazkur holat yuzasidan O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Bosh prokuratura

Baholaganlar

217

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing