IIBB: Toshkentda xonadon ichidan ikki kishining jasadi topildi
Jamiyat
−
08 iyun 2019
5038Joriy yilning 7 iyun kuni taxminan soat 21:20larda Toshkent shahridagi Chilonzor tumanining 19-mavzesida yashovchi 53 yoshli L.M. 102 raqamiga murojaat qilgan. Ayol uyiga qaytib kelganida hech kim eshikni ochmagani, ammo onasi, 77 yoshli Sh.M. va 28 yoshli o‘g‘li M.T. kvartirada bo‘lishi kerakligini xabar berdi.
IIBB ma’lumotida aytilishicha, FVV mutaxassislari profilaktika inspektori tomonidan chaqirildi va guvohlar ishtirokida kvartiraning eshigi ochildi. Kvartirada kuchli hid bo‘lgani, hamma joyda hasharotlarni o‘ldirish uchun mo‘ljallangan kulrang kukunga ega gazeta varaqlari yoyilib tashlangani aytiladi. 77 yoshli Sh.M.ning jasadi yo‘lakda, M.T.ning jasadi balkondan topilgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga IIB xodimlari, prokuror, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, Chilonzor tumani hokimligi va sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari chiqqan. Tekshirish o‘tkazilmoqda, tegishli ekspertizalar tayinlangan.
“Hurmatli fuqarolar! Hasharotlardan qutulish uchun o‘zingizga noma’lum bo‘lgan moddalarni ishlatmaslikni so‘raymiz. Zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish masalalari bo‘yicha mutaxassislarga murojaat qiling”, deyiladi IIBB xabarida.