IIBB Toshkentda avtobus xonadonga urilgani bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Kecha, 8 oktyabr kuni Toshkentning Qo‘yliq mavzesida yo‘lovchi tashuvchi avtobus fuqaro xonadoniga urilgani haqida xabar bergan edik. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 8 oktyabr kuni soat taxminan 07:00 larda Yashnobod tumani, Uysozlar 1-tor ko‘chalari kesishgan chorrahasida, haydovchi 1987 yilda tug‘ilgan M. Qodir boshqaruvidagi Mercedes Benz rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusida harakat davomida boshqaruvni yo‘qotib, ushbu chorrahadagi svetofor va yo‘l yoqasidagi uyga borib urilib to‘xtagan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, ushbu avtobusda faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

776

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing