IIBB Toshkent viloyatida bolalar jasadi topilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hududida voyaga yetmagan bolalarning jasadlari ichki organlari bo‘lmagan holatda topilganligi haqidagi ma’lumot tarqaldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirib, ushbu ma’lumotlar haqiqatdan yiroq ekanini ma’lum qildi

“Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoyatchi paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo‘q”, deyiladi IIBB xabarida.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB asossiz ma’lumotlarni tarqatib, vahima o‘yg‘otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo‘yicha chora ko‘rmoqda. 

“Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Vahima va mish-mishlar manbai bo‘lmang. Agarda sizda biror-bir ma’lumot bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning matbuot-xizmati bilan bog‘lanib, uni aniqlashtirib oling”, deb ogohlantiradi IIBB.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB jasad Toshkent viloyati

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing