IIBB skeyt-maydondagi janjal bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

photo_2019-04-16_135-07-39

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi skeyt-maydonchada ikki nafar o‘rta yoshdagi erkak o‘zidan kichikroq yigitlar bilan bahslashib, ularni urayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Videodagi izohda aytilishicha, bir ayol yosh bolasi bilan skeyt maydonchasiga kelgan, skeyt uchayotgan yigitlar bu yerda ular jarohat olishi mumkinligini aytib, ayoldan ketishini so‘ragan. Biroq ayol o‘zining “ishongan”larini chaqirib, skeyt-maydonchasidagi yigitlarning tazirini berdirgan.

Mazkur videodagi holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy axborot berdi.

Qayd etilishicha, mojaro 14 aprel kuni soat taxminan 23:00 da “Moviy gumbazlar” skveridagi skeyt-maydonchada sodir bo‘lgan.

Videotasvirdagi ikki nafar yoshi kattaroq erkaklar 40 yoshli A.M. va 28 yoshli E.T. Ular 22 yoshli P.K., K.K. va R.X. bilan janjallashgan.

IIBB Matbuot xizmatining xabar berishicha, voyeqa joyiga Patrul-post xizmati xodimlari yetib borgan va mojaroning yanada rivojlanishiga mo’ne bo‘lgan. Tan jarohati olgan 22 yoshli P.K., K.K. va R.X.ga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan materiallar ma’muriy ishlar bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudiga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB janjal

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made