IIBB parda va darparda masalasiga aniqlik kiritdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha izoh berdi.

Unga ko‘ra, parda, darparda, jalyuzilar bo‘yicha qonunchilikda o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Yengil avtomobillar bilan bog‘liq hollarda pardalarni yon ko‘zgular mavjud bo‘lgan holda faqatgina orqa oynaga o‘rnatish mumkin. 

Yon oynalarga pardalar o‘rnatish faqatgina M3 toifadagi III klass avtotransport vositalariga mumkin (haydovchi o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan ortiq o‘rindiqlari bo‘lgan va og‘irligi 5 tonnadan oshiq bo‘lgan yo‘lovchi transporti).

Shuningdek, avtomobil old oynasining 14 sm.dan ko‘p bo‘lmagan tepa qismi tusini polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi chegaralamagan darajada o‘zgartirish, ilgarigidek ruxsatnomasiz amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan “tonirovka” ruxsatnomasi uchun narxlar kamaytirildi. Yangi narxlar bilan quyida tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB tonirovka parda

Baholaganlar

497

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing