IIBB Hammali & Navai’ning konsertiga boradiganlarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar IIBB joriy yilning 20 dekabr kuni soat 20:00 da “Humo Arena” majmuasida bo‘lib o‘tadigan Hammali & Navai’ning konsertiga bormoqchi bo‘lgan poytaxt aholisi va mehmonlariga ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

“Mazkur konsert dasturini yuqori kayfiyatda o‘tkazish, tiqilinchliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida konsert dasturi boshlanishidan kamida bir soat oldin kelishingizni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, IIBB elektron chiptalar soxtalashtirilishi mumkinligi sababli, konsert dasturiga elektron chiptalar bilan kiritilmasligini bildirgan. 

“Elektron chiptalarni “Humo Arena” majmuasida tashkil etilgan kassada qog‘ozli chiptalarga almashtirib olishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 noyabr kuni “Humo Arena”da Jah Khalib’ning konsert dasturi oldidan katta tartibsizlik yuzaga kelgandi. Keyinroq ba’zi odamlar chiptasi bo‘lsa ham konsertga kira olmagani, ko‘pchilikning onlayn xarid qilgan chiptasi soxta bo‘lib chiqqani aytildi. Konsert dasturiga kirish uchun fuqarolarga soxta bilet sotilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Keyinchalik Toshkent shahar bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i Otamurod Ahmedov sog‘lig‘i tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Ayrimlar uning ishdan ketishini Jah Khalib’ning konsert dasturi oldidan yuzaga kelgan tartibsizlik bilan bog‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston maxsus xizmatlari mazkur konsertdagi tartibsizliklardan so‘ng jinoyat olami vakillarini yo‘q qilishga kirishgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq ichki ishlar organlari  jinoyatchilarning qo‘lga olinishi “Humo Arena”dagi holat bilan bog‘liq emasligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent kontsert Hammali & Navai

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing