IIBB “Eski juva” bozoridagi janjal bo‘yicha ma’lumot berdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning “Eski juva” bozorida ayollar o‘rtasida yuz bergan janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 23 fevral kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga 39 yoshli Zulfiya K. ariza bilan murojaat qilib, u bilan janjallashib haqorat qilgan qarindoshlari – 58 yoshli Matluba Sh. va uning o‘g‘li Xojiakbar Sh.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 

Mazkur holat yuzasidan Matluba Sh. va Xojiakbar Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing