IIBB: avtomobil raqamini berkitgan haydovchi jazolandi

Jamiyat

image

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi ikkita guruhda bir vaqtning o‘zida 01 F 020 K davlat raqamli Nexia rusumli avtomobil haqida xabar e’lon qilindi. Ushbu avtomobil davlat raqamini to‘sib turuvchi parda bilan jihozlangan bo‘lib, mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasining (“Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish”) 6-qismiga muvofiq, noqonuniy hisoblanadi.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, foydalanuvchilardan biri Facebook`da xabar berishicha, yuqoridagi Nexia davlat raqamini berkitish bilan cheklanmasdan, avariyaviy holatlarni ham yuzaga keltirgan, e’lon muallifini haqorat qilgan va yo‘l harakati qoidalarini bir necha bor buzgan.

Shu vaqtning o‘zida boshqa foydalanuvchi ham ijtimoiy tarmoqdagi guruhdu davlat raqami maxsus moslama bilan to‘silganini ma’lum qilib, ushbu holatning hukmi haqida savol yo‘llagan.

IIBB xabar berishicha, hozirda 01 F 020 K davlat raqamli Nexia rusumli avtomobil haydovchisi, sirdaryolik 29 yoshli Mirza Bobur P. 125-moddaga muvofiq jarimaga tortildi. Avtomobil amaldagi qonunchilikka muvofiq “Chorsu” jarima maydonchasiga joylandi.

IIBB foydalanuvchining Facebook`dagi e’lonida ko‘tarilgan savollarga javob tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasiga muvofiq jazolanishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasiga muvofiq, “davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish – eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB avtoraqam

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing