IIBB 22 nafar o‘quvchi qiz ishtirokidagi janjal bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Kecha, 13 fevral kuni Facebook`dagi guruhlardan birida maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasidagi janjal bilan yakunlangan mojaro videosi tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 22 nafar maktab o‘quvchi qizlari ishtirokidagi ushbu voqea o‘tgan yilning 25 aprelida Yashnobod tumanidagi 230-soni o‘rta maktabda yuz bergan va e’tiborsiz qoldirilmagan. Voyaaga yetmaganlar ishi bo‘yicha profilaktika inspektorlari ishtirokchi qizlar oilasi bilan aloqa o‘rnatgan va holat takrorlanmasligi uchun choralarni ko‘rib boryapti.

2019 yilning 14 iyul kuni Yashnobod tumani hokimiyatida janjaldagi ishtirokchi qizlar: 14 yoshli M. A., Z. S. va M. I., 15 yoshli R. R., M. M., M. N. va M. I., 16 yoshli Z. S., N. A., M. A. va X. I. bilan majlis o‘tkazilgan.

Qizlar o‘rtasidagi nizo janjalgacha ham yuz bergani, biroq maktab ma’muriyati tomonidan tegishli choralar ko‘rilmagani ma’lum bo‘lgan. Yuz bergan janjal natijasida qizlardan biriga tan jarohati yetkazilgan.

Janjalda ishtirok etgan 11 nafar qizning ota-onasi eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida (o‘sha vaqtda 608 197 so‘m) jarimaga tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab janjal o'quvchi

Baholaganlar

806

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing