IIB xodimi bolali ayolni tepkilab, mashinasida olib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida Ichki ishlar organi xodimlari bolali ayolni tepkilab, xizmat mashinasida majburan olib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.

G‘iyosovning bildirishicha, hozirda qo‘lida chaqaloq ko‘targan ayollar va voyaga yetmagan bolalarning yo‘llarda, bozorlar hamda boshqa joylarda tilanchilik qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar olib borilmoqda. Unga ko‘ra, katta ehtimol bilan mazkur videoda tasvirlangan holatda ham aynan yo‘lda tilanchilik qilayotgan ayol IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan bo‘lishi mumkin. 

“Bu holat aynan qayerda sodir bo‘lgani aniq emas, biroq Farg‘ona viloyatida ekani aytilmoqda. Kadrlardagi ayol ham katta ehtimol bilan yo‘llarda tilanchilik qilayotgani uchun chora ko‘rish maqsadida olib ketilgan. Biroq xodimlarning har qanday vaziyatda ham fuqarolarga nisbatan bunday qo‘pol munosabatda bo‘lishini oqlamaymiz. Shu bois ularga nisbatan ham xizmat tekshiruvi olib borilib, holat yuzasidan qonuniy chora ko‘riladi”, deydi  IIV axborot xizmati rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona IIB tilanchilik Shohrux G'iyosov bolali ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing