Vazirlik IIB boshlig‘i andijonlik yigitni kaltaklagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
11 may 2019
8600Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i andijonlik yigitni kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur xabar yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi. Qayd etilishicha, holat Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Aniqlanishicha, 2019 yilning 12 aprel kuni Andijon shahri, Bo‘ston dahasi, Xamraqulov ko‘chasi 14-uyda yashovchi fuqaro Dilnoza Ismoilova Ichki ishlar vazirligi virtual qabulxonasiga murojaat qilib, unda 1992 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Hasanboy Ismoilov IIB boshlig‘i tomonidan kaltaklanganini bildirgan.
Murojaatda aytilishicha, voqea quyidagicha bo‘lgan. Hasanboy Ismoilov joriy yilning 6 aprel kuni soat taxminan 24:00 da Bo‘ston dahasidagi kompyuter o‘yingohidan 5-6 nafar tanishlari bilan chiqayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari ushlab, Andijon shahar IIO FMB 1-son IIBga olib kirishib, u yerda uni nafsoniyatiga teguvchi so‘zlar bilan haqorat qilgan, o‘g‘li Hasanboy o‘zining huquqini so‘raganida bo‘lim boshlig‘i “Huquqingni talab qiladigan bo‘lib qoldingmi” deb, o‘rinbosari bilan birga unga tan jarohati yetkazgan, so‘ngra o‘zlari chiqib ketib, boshqa xodimlarni kiritib, ariza qilmaysan, deb shart qo‘ygan, o‘g‘li yo‘q men erkakman ariza qilmayman deb og‘ir ahvolda IIBdan chiqib, zo‘rg‘a, tonggi soat 05:00 atrofida uyga kelgan.
Ayol o‘g‘lining holatini, bo‘yin qismini ko‘kargani, nafas olishga qiynalayotgani, oqsoqlanib yurganini ko‘rib, viloyat shifoxonasiga olib borib yotqizgan. Hozirda o‘g‘liga tan jarohati yetkazgan 1-son IIB boshlig‘i Sarvarbek va o‘rinbosariga tegishli jazo berilishini so‘ragan.
Holat bo‘yicha 2019 yilning 16 aprel kuni Andijon shahar prokurori Ichki ishlar boshqarma boshlig‘i nomiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha taqdimnoma yuborgan. Unda fuqaro D.Ismoilovaning arizasiga ko‘ra, 2019 yil 6 aprel kuni soat taxminan 23:20 atrofida uning o‘g‘li Hasanboy Ismoilov Bo‘ston dahasida kompyuter o‘yinlari o‘ynayotgan vaqtida IIB xodimlari kelib, Andijon shahar IIO FMB 1-sonli IIBga olib ketganliklarini, u yerda ro‘yxatdan o‘tkazilib, barmoq izi olganliklarini, barmoq izi olayotgan vaqtida uni ro‘yxatdan o‘tkazgan jamoatchilik vakili Abdulbosit Daminov uni haqorat qilganligi, buni ko‘rgan bo‘lim tezkor vakillari uni tashqariga olib chiqib, tinchlantirganligini, birozdan so‘ng uni tashqarida turganligini ko‘rgan “Abduvosit” yoniga kelib yana gap tortisha boshlaganligini, shu payt bo‘lim boshlig‘i Sarvar Xoldarov bu holatni ko‘rib, uni oldiga chaqirganligini, u oldiga borishi bilan uni urib unga tan jarohati yetkazganligini, soat taxminan 02:45 atrofida qo‘yib yuborganligini, 2019 yil 7 aprel kuni IIB xodimlari tomonidan yetkazilgan tan jarohatlari yuzasidan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Andijon filialiga murojaat qilganligini bayon qilgan va uni haqorat qilgan IIB xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, 2019 yil 7 aprel kuni jamoatchilik vakili Abdulbosit Daminov Andijon shahar IIB 1-sonli IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda tungi xizmatga biriktirilgan vaqtida ma’muriy binoga olib kelinganlar bilan o‘tkazilgan profilaktik-ogohlantiruv ishlari davomida unga nisbatan tungi xizmatda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib kelingan fuqaro Hasanboy Ismoilov o‘zini shaxsini bayon qilish o‘rniga unga nisbatan nosamimiy munosabatda bo‘lib, belgilangan tartiblarga amal qilmasdan u bilan tortishib ketganligini bayon qilgan.
Hasanboy Ismoilov 2019 yilning 7 aprel kuni soat 00:42 da 1-son IIBdagi “Ichki ishlar organlariga olib kelingan shaxslarni hisobga olish kitobi”dan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Xizmat tekshiruvi davomida fuqaro H.Ismoilov va jamoatchilik vakili A.Daminov hamda shu vaqtda atrofda bo‘lganlarning ko‘rgazmalarida qarama-qarshiliklar vujudga kelayotganligini inobatga olib, fuqaro H.Ismoilovning tanasida yengil tan jarohatlari borligi haqida sud tibbiy ekspertiza xulosasi berilganligini hamda H.Ismoilov ushbu jarohatlarni qanday holatda va kim tomonidan yetkazilganligiga aniqlik kiritish maqsadida, surishtiruv davomida to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berishlik uchun Andijon shahar prokuraturasiga yuborilgan.
LiveBarchasi