IIB boshlig‘i 27 yoshli ayolni zo‘rlashda ayblanmoqda  

Olam

image

O‘tgan yilning noyabrida 27 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan Toldiqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘ining ishi sudga oshirildi. Bu haqda “KazInform” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zo‘ravonlikda ayblanayotgan shahar IIB boshlig‘i Marat Qo‘shtiboyevga nisbatan ochilgan jinoiy ish sudga kelib tushgan va ayni paytda ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu shov-shuvli voqeadan keyin Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Yerjan Sadenov Jetisu viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda uning o‘rinbosarlarini ham ishdan bo‘shatgan. 

Respublika Ichki ishlar vazirligi Toldiqo‘rg‘on politsiyasidagi holatni huquq-tartibot xodimlarining nomiga dog‘ tushiruvchi "sharmandali vaziyat" deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avalroq Polshada sobiq Ichki ishlar vaziri va uning o‘rinbosari hibsga olingan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston IIB boshlig'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made