II chorakda aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari qanday bo‘ldi?
Jamiyat
−
04 Sentabr 2019
2693O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil II chorakdagi aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari e’lon qildi.
Iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, joriy yilning II choragida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining qisqa muddatli inflyatsion kutilmalari apreldagi pasayishidan so‘ng oshish trendini hosil qilgan. O‘rta muddatli kutilmalari esa sezilarli o‘zgarishlarsiz avvalgi darajasida saqlanib qolgan.
Xususan, respondentlarning yanvar-apreldagi kutilmalari pasayishiga qaramasdan, may-iyun davomida qisqa muddatli kutilmalarida xavotirlik kuzatilgan. O‘rta muddatli istiqbolda esa respondentlarining aksariyati inflyatsiyani avvalgi darajada saqlanib qolishini taxmin qilishmoqda.
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan milliy valyuta almashuv kursining qadrsizlanishi, ish haqlarining oshishi thamda 2019 yilning ikkinchi yarim yilligida kommunal xizmatlar narxlarining oshirilishi mumkinligi iqtisodiyotdagi narxlar o‘sishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, respondentlar javoblarida o‘rta muddatli inflyatsion kutilmalarga soliq bazasining kengaytirilishi ta’siri saqlanib qolishi ko‘rsatilgan.
“Ta’kidlash lozimki, joriy yilning birinchi yarim yilligida, milliy valyutaning qadrsizlanishi 2,7 foizga teng bo‘lganligiga qaramasdan, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari kutilmalarining ushbu omilga ta’sirchanligi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda”, deyiladi xabarda.
Joriy yilning II choragi mobaynida aholi tomonidan kelgusi 12 oyga kutilayotgan inflyatsiyaning miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘suvchi tendensiyaga ega bo‘lgan bo‘lsa, tadbirkorlik sub’ektlarining kutilmalari pasayuvchi tendensiyani hosil qildi. Bu esa o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotdagi narxlar barqarorligiga bo‘lgan ishonch biznes vakillarida yuqoriroqligini ko‘rsatmoqda.
LiveBarchasi