Igor Dodon O‘zbekistonga keladi

Olam

image
Shavkat Mirziyoyev Moldova Prezidenti bilan uchrashdi north_east

Shavkat Mirziyoyev Moldova Prezidenti bilan uchrashdi

Moldova Respublikasi Prezident Igor Dodon 2020 yilda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda “Noi.md” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti boshlanishidan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda shunga kelishilgan.

Prezidentlar uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama rivojlantirish muhim ekanini qayd etgan. Ikki davlat rahbarlarining so‘nggi o‘zaro tashriflar almashinuviga 20 yildan ortiq vaqt o‘tgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning so‘nggi yig‘ilishi 2002 yilda o‘tkazilgan.

Tomonlar parlamentlar darajasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish va savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorlik ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Igor' Dodon O'zbekiston-Moldova

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing