Ignatiy Nesterov futboldan chetlatildimi? O‘FA bayonot berdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy tera jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi davomida olingan tahlillarda ta’qiqlangan modda topilgani sababli futboldan chetlatildi, deb xabar berdi "Goal SA" nashri.

Nesterov diskvalifikatsiya qilingach, u to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining “Uhud” klubi uning o‘rniga boshqa darvozabonni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasiga murojaat qilgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu masala bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

“Haqiqatan ham, Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi doirasida olingan tahlillar natijasida uning qonida ta’qiqlangan modda aniqlangani haqida rasmiy xat O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Nesterov ayni paytda to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining “Uhud” klubiga rasmiy xat yuborilgan.  Ammo mazkur xatda bu masala bo‘yicha hozirda OFK Tartib-intizom qo‘mitasi ish olib borayotgani, hali yakuniy qaror qabul qilinmagani, ungacha esa bu ma’lumotni oshkor qilmay turish so‘ralgan. Tabiiyki, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar Ignatiy Nesterov hech qaysi jamoa tarkibida maydonga tusha olmasligi ham xatda ma’lum qilingan.

Shunga qaramay, “Uhud” klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu ma’lumotni ommaga oshkor qilib, Nesterov doping qabul qilgani tufayli OFK tomonidan chetlatilgani haqida xabar tarqatdi. Bu esa professional klub maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan holatdir. 

Terma jamoa shifokorlari Ignatiy Nesterov bilan bu masalada suhbatlashishganda, Nesterov Osiyo Kubogi davomida terma jamoa shifokorlarining ruxsatisiz va ularni ogohlantirmay vazn tashlashga yordam beruvchi dori qabul qilgani ma’lum bo‘ldi. O‘FA Ignatiy Nesterovning bu xatti-harakatini qoralaydi, shu bilan birga futbolchining ataylab taqiqlangan moddalarni qabul qilish maqsadi bo‘lmaganini, bu dori tarkibidagi ba’zi moddalar taqiqalanganini bilmaganini ma’lum qiladi. 

Vazn tashlash boks, kurash kabi sport turlarida sportchiga natijaga erishish uchun yordam berishi mumkin, ammo futbolda bu holatning natijaga erishishga umuman ta’siri yo‘q. OFK mana shu jihatlarni ham o‘rganib chiqib, Tartib-intizom qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng yakuniy qarorni qabul qiladi. Ungacha esa barcha ommaviy axborot vostilaridan Ignatiy Nesterov bo‘yicha xabar yozayotganda mana shu jihatlarga e’tibor qaratish so‘raladi”, deyiladi O‘FA bayonotida.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ignatiy Nesterov O'FA doping diskvalifikatsiya

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing