“Iflos, tiling kesilsin”. Namanganda maktab direktori o‘quvchi qizni haqoratladi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda maktab direktori o‘quvchi qizni ro‘mol o‘rab kelgani uchun haqoratlagani aks etgan video tarqaldi.

“Sensiramay o‘l, tiling kesilsin, ota-onang tarbiya bermagan senga. O‘qib qo‘y oldin. Iflos. Chaqir, ota-onasini”, deya haqoratli so‘zlarini sochayotgan direktor ayolning video tasviri ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Holat yuzasidan Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Keltirilishicha, noxush holat 2022 yil sentyabr oyida Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Video esa 2023 yil iyul oyida ijtimoiy tarmoqlarga chiqib, ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. Maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Qashqadaryoda bir guruh ayollar o‘quvchi qizlarni haqorat qilib, ularning bir nechtasiga tan jarohati yetkazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan o'quvchi direktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing