IFFHS ligalar reytingi: O‘zbekiston Superligasi 5 pog‘ona ko‘tarildi

Sport

image

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2019 yil yakunlari bo‘yicha milliy chempionatlar reytingini e’lon qildi

Reytingda 1-o‘rinni Angliya Premer-ligasi egalladi. Qayd etish kerak, APL bu o‘ringa 2009 yildan so‘ng ilk bor ko‘tarildi. 2-o‘ringa Braziliya chempionati, 3-o‘ringa Ispaniya La Ligasi joylashdi.

Reytingda O‘zbekiston Superligasi 2018 yildagi o‘rnidan 5 pog‘onaga yuqorilab, 67-o‘ringa joylashdi. Bu OFK ligalari orasida Janubiy Koreya (30-o‘rin), Saudiya Arabiston (32-o‘rin), Yaponiya (37-o‘rin), Xitoy (39-o‘rin) va Eron (60-o‘rin)dan so‘ng 6-ko‘rsatkichdir.


Maqola muallifi

Teglar

reyting Superliga

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing