ID karta va haydovchilik guvohnomasini integratsiya qilish taklif kilindi
Jamiyat
−
13 aprel 2020
8285“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “ID karta va yangi shakldagi haydovchilik guvohnomasini integratsiya qilish (birlashtirish) haqida” fanini joriy etish haqida”gi petitsiya joylashtirildi.
Ta’kidlanishicha, ID kartalar olish 2021 yil 1 yanvardan boshlab ixtiyoriy, 2023 yildan esa majburiy etib belgilandi. Ammo shu yerda bir tushunmovchilik kelib chiqadi.
“Masalan, men mashinada yursam-yurmasam haydovchilik guvohnomamni o‘zim bilan olib yuraman. Biometrik pasportni esa har doim ham emas. Chunki yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasi o‘z funksiyasini bajarishdan tashqari, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lib ham hisoblanadi.
Shu sababli, haydovchilik guvohnomasining mavqei va funksiyasi ID kartadan ko‘ra yuqoriroq bo‘lib qolyapti. ID karta va haydovchilik guvohnomasini integratsiya qilish va yagona guvohnoma yaratishni taklif qilaman. Bunda guvohnoma emas, balki boshqa umumiyroq nom berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi”, deyiladi murojaatda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ID karta va yangi shakldagi haydovchilik guvohnomasini integratsiya qilishni taklif kilingan.
LiveBarchasi