“Ichkilikboz” va “giyohvand” Jonni Depp karerasini tugatish arafasida

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik aktyor Jonni Depp Gollivuddagi karerasini yakunlashi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" huquqshunos Mark Stivensga asoslanib xabar bergan. 

Kecha, 6 noyabr kuni Jonni Depp endi "Fantastik maxluqlar" filmida yovuz sehrgar Gellert Grindevald rolini ijro etmasligini ma’lum qilgan. 

Xabarlarga ko‘ra, ushbu qaror Warner Bros. studiyasiga tegishli.

Depp, o‘z navbatida, qarorga qarshi shikoyat qilishini va o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar hech narsaga asoslanmaganini isbotlashini aytgan. 

Huquqshunos Stivens esa aktyorning "Fantastik maxluqlar" filmidan ketishi uning karerasi yakunining boshlanishi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan. 

Shuningdek, Stivens Depp karerasini tugatgan taqdirda, u odamlar yodida ichkilikboz va giyohvand aktyor sifatida qolishini aytgan. Huquqshunos Jonnining bu sifatlari u vafot etgandan so‘ng uning qabrtoshiga ham yozilishi kerakligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Jonni Depp karerasini 1984 yilda boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jonni Depp

Baholaganlar

389

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing