Ichki ishlar vaziriga yangi “zam” tayinlandi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2023 17867 1 daqiqa
O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonovga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 16 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga asosan Zufar Komilovich Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Zufar Qurbonov mazkur tayinlovga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Ma’lumot uchun, IIVda vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hozirga qadar vakant edi. Unga quyidagi xizmatlar bevosita bo‘ysunadi:
- Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi;
- Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi;
- Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov aholiga murojaat yo‘llab, unda Ichki ishlar vazirligi tizimida ko‘plab islohatlar amalga oshirilayotgani, xususan, tizim o‘z manfaatlarini o‘ylovchi xodimlardan butkul tozalanishini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi