Ichki ishlar vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan Ichki ishlar vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi.

Qaror bilan Yahyojon Ortiqboyevich Abdulxakov ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Abdulxakov tayinlovga qadar 2019 yilning noyabridan buyon Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Najmiddin Sadirovich To‘raxo‘jayev Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Avvalroq, IIV Akademiya rahbari Bahodir Matlyubov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

406

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing