Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan “uchdi”

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Najmiddin To‘raxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda bugun, 28 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Farg‘onada bo‘lib o‘tayotgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda Prezident mahallada jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangicha ish tartibini belgilab bergan.

Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligiga:

  • jinoyat qilishga moyilligi bor og‘ir ahvoldagi aholi bilan “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida ishlash bo‘yicha “mahalla beshligi”ning vazifalarini aniq belgilab berish;
  • yosh toifasi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan kelib chiqib, ularning har bir guruhi uchun alohida metodika ishlab chiqish topshirildi. 

“Endi profilaktika inspektori hududida jinoyat qilishga moyilligi bor shaxslarni aniqlaydi, “mahalladagi beshlik” ularning muammolarini hal qiladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, yig‘ilishda tizimda raqamlashtirish ahvoli qoniqarsizligi tanqid qilingan. 

Ichki ishlar vazirining bu masalalar uchun mas’ul o‘rinbosari zimmasiga yuklatilgan birorta vazifa oxirigacha yetkazilmagani ko‘rsatib o‘tilgan va shu munosabat bilan vazir o‘rinbosari Najmiddin To‘raxo‘jayev egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi 15 ta tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va 5 nafar tuman prokurorini vazifasidan ozod qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ichki ishlar vaziri o'rinbosari Najmiddin To'raxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing