Fuqaro ko‘rshapalak uyasi olaman deb, 5 ming dollarga “uxlatildi”
Jamiyat
−
03 Sentabr 2019
8826Joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonda 5 ming dollarlik ko‘rshapalak uyasi vasvasasi avj olgandi. Biroz vaqt o‘tib ko‘rshapalak uyasi masalasi tinchib ketdi. Aftidan ko‘rshapalak uyasi orqali firibgarlik qiluvchilarga aldangan fuqarolar qolgan.
Joriy yilning 20 mart kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 33 yoshli D.N. Sarbozor mahallasida joylashgan “Mingchinor” choyxonasida tanishi, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 38 yoshli A.U.ga saraton va boshqa turdagi og‘ir kasalliklarga davo bo‘luvchi ko‘rshapalak uyasini topib berishini va’da qilib, undan 5 ming dollar olgan.
D.N. shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.N. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi