Ichki ishlar xodimlarining maoshi oshishi kutilyapti
Jamiyat
−
06 fevral 2021 19420 1 daqiqa
O‘zbekiston Ichki ishlar organlari xodimlarining maoshi oshirilishi mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yig‘ilishda ma’lum qildi.
“Yaqinda yangi qaror chiqadi. Tizimni o‘zgartiramiz, yangiliklar kiritamiz.
Men ichki ishlar xodimlaridan minnatdorman. Pandemiya vaqtida osoyishtaligimizni ta’minlash bo‘yicha ular o‘zini ko‘rsata oldi. Shuning uchun ularning maoshini ko‘tarish, sifatli o‘qitish va yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘ryapmiz”, dedi Prezident.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga ikki kunlik tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Live
Barchasi