Ichki ishlar formasida mast bo‘lib yurgan xodim ishdan haydaldi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar formasida spirtli ichimlik iste’mol qilgan xodimning videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Tasvirlarda mast holda ust-boshi loy bo‘lib yurgan xodimning, oyoqda zo‘rg‘a turganini ko‘rish mumkin. 

Mazkur holat yuzasidan IIB Axborot xizmati rasmiy izoh berdi. 

Aniqlanishicha, ushbu holatni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan, 2023 yilning 20 noyabrida ishga qabul qilingan katta serjant Z.S. sodir etgan. U IIO xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlari uchun Qo‘shrabot tumani IIB profilaktika inspektori lavozimidan bo‘shatilgan. 

Ayni paytda ushbu holatning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan ham xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘kada tergovdagi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimlari qamalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

IIB xodim mast

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing