“Ichkari”dan murdasi chiqqan fuqaroning o‘limi bo‘yicha Bosh prokuratura ma’lumot berdi
3-sahifa
−
14 avgust 2023
33908Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida 33 yoshli fuqaro vafot etgani haqida xabar bergandik. Uning vafoti yuzasidan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 avgust kuni poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasida vafot etgan fuqaro D.U.ning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, D.U.ning vafoti yuzasidan bir qator tergov harakatlari o‘tkazish zarurati tug‘ilgani sababli, Jinoyat kodeksining 206-(Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 235-(Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 12 avgust kuni jinoiy guruh a’zosi U.D.ga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksning 224-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida u o‘zini yomon his qilayotganini aytib, to‘satdan yiqilib, hushini yo‘qotgan. Holat bo‘yicha tez-tibbiy yordam chaqirtirilib, IIO xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo tez-tibbiy yordam kelgunga qadar U.D. hushiga kelmay, vafot etgan. Birlamchi tashxisga ko‘ra, gumonlanuvchining o‘limi “Jigar sirrozi og‘ir stadiyasi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi” oqibatida yuzaga kelgan.
LiveBarchasi