Ichidan zil ketayotgan Rossiya Ukrainaga yana havo zarbalari berdi

Olam

image

Bugun, 24 iyun kuni erta tongda Rossiyaning Ukrainaga bergan so‘nggi havo zarbalari ortidan Kiyevda kamida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina rasmiylariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Ukraina Ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning aytishicha, raketalar mamlakat bo‘ylab kamida beshta hududni nishonga olgan. Kiyevdagi ko‘p qavatli uyga hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan.

“Bu terrorchilarning uslubi. Rossiyaning uslubi”, deb yozgan u Telegram-kanalida.

Ukraina harbiylarining ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimi 51 ta qanotli raketadan 41 tasini, shuningdek, Rossiya tomonidan hujumda uchirilgan ikkita dronni yo‘q qilgan.

Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko esa shahar atrofida 20 dan ortiq raketalar urib tushirilganini bildirgan.

Shuningdek, Ukraina janubi-sharqidagi Dnepropetrovsk viloyatiga qilingan hujumlarda sakkiz kishi yaralangan (ulardan ikki nafari bolalar) va bir necha binolar vayron qilingan.

Gubernator Sergey Lisakning aytishicha, havo hujumidan mudofaa vositalari to‘qqizta raketa va uchta uchuvchisiz samolyotni yo‘q qilgan, biroq viloyat markazi Dneprdagi turar-joy binolari va noma’lum infratuzilma ob’ektiga zarba berilgan.

Bundan tashqari, Rossiyaning kamida ikkita raketasi Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovni nishonga olgan, ulardan biri sanoat zonasiga, ikkinchisi esa gaz quvuriga zarar yetkazgan.

Boshqa shaharlarda ham portlashlar borligi haqida xabarlar bor, ammo qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing