Ichida 26 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Pavlodar viloyatidagi “Qizilo‘rda-Pavlodar” magistralida 26 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda KazTAG xabar bermoqda.

"Baxtsiz hodisa 6 mart kuni soat 00:15 larda “Qizilo‘rda-Pavlodar” avtomobil yo‘lining 1160 km qismida, Ekibastuz qishloq hududida sodir bo‘lgan. Mercedes rusumidagi yo‘lovchilar avtobusi Novosibirsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqan. Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtobusni burib yuborgan. Salonda 28 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan ikki haydovchisi - Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, 26 nafar yo‘lovchi - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi", deyiladi xabarda.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, barcha 26 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi transportlarda manzillari tomon ketgan. Haydovchilar esa, avtobus yonida qolgan.

"YTH joyiga fojialar tibbiy markazi, mahalliy politsiya xizmati va mahalliy ijroiya organlari keldi. Yo‘lovchilar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularni shifoxonaga yotqizish zarurati tug‘ilmadi. Jabrlanganlar yo‘q", deyiladi boshqarma xabarida.

Joriy yilning 28 fevral kuni Chimkent-Yekaterinburg yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus YTHga uchrab, ag‘darilib ketgan edi. Mazkur avtobus ichida 14 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, tibbiy yordamga ehtiyoj sezilmagandi. Qozog‘istonning yo‘l politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha organlari xodimlarining yordami bilan yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Avtobusga texnik xizmat ko‘rsatilgan va yo‘nalishini davom ettirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing