IBF reytingi yangilandi. O‘zbek bokschilarining o‘rni qanday?

Sport

image

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik to‘rt nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi.

Yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) IBF jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblangan Qudratillo Abduqahhorov reytingda 1-pog‘onada qayd etilgan.

Super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga ko‘tariluvchi Shohjahon Ergashev 4-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Shaxram G‘iyosov kuchli o‘nlikka yakun yasagan.

Yarim yengil vaznda (-55,3 kg) IBF chempionlik kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev mazkur yo‘nalishda reytingning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan. U shuningdek, WBA yo‘nalishida ham chempion hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev joriy yilning 19 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Yangi Angliya mintaqasida WBA kamariga majburiy da’vogar sanalgan amerikalik Ronni Riosga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Murodjon Ahmadaliev WBA IBF Qudratillo Abduqaxxorov Shaxram G'iyosov

Baholaganlar

1259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing