IBF'ning yangilangan reytingiga 1 nafar o‘zbek bokschisi kiritildi
Sport
−
22 noyabr
6760O‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) noyabr oyi uchun yangilangan reytingida 8-o‘rinni egalladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
E’tiborlisi, yarimo‘rta vaznda (66,6 kg) jang qiluvchi G‘iyosovdan tashqari o‘zbek bokschilari tashkilot reytingiga kiritilmadi. G‘iyosov esa o‘tgan oydagi o‘rnini bittaga yaxshilab, 8-pog‘onadan joy oldi.
Sobiq WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev ham reytingga kiritilmadi. Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg) toifasida janglar o‘tkazuvchi Ahmadaliyev o‘tgan oy reytingida 4-pog‘onani band etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahram G‘iyosov va litvalik Eymantas Stanionisning jamoalari Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jang borasida kelishib olgani xabar qilingandi.
Tez orada G‘iyosov-Stanionis jangining manzili va sanasi aniq bo‘ladi.
LiveBarchasi