IBA Parij-2024 Olimpiadasidan chetlatiladi

Sport

image

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) Parij-2024 Olimpiadasida boks musobaqalarini o‘tkazishda boshchilik qilish xuquqini tiklash rad etildi.

Bunga qadar, o‘rganishlar natijasida 2019 yilda IBA’ga Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan taqiq qo‘yilib, Tokio-2020 o‘yinlarini litsenziyalash va boks musobaqalari ham qo‘mita boshchiligida o‘tkazilgandi. 

Shuningdek, tashkiliy qo‘mita boks sport turini Parij-2024 va Los-Anjeles-2028 o‘yinlarida qoldirishga qaror qildi. Agarda taklif ma’qullansa, Tokio-2020 kabi Parij-2024 Olimpiadasida ham boks musobaqalari tashkilotchiligi IBA bilan emas qo‘mita boshchiligida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada uchun litsenziyalash tartibini tasdiqlagani haqida xabar berilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Parij-2024 IBA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made