IHT Qorabog‘dagi terrorni qoraladi
Olam
−
21 Sentabr 2023
3535Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati 19 sentyabr kuni Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan Ozarbayjonning Qorabog‘ iqtisodiy rayonida amalga oshirilgan keng ko‘lamli harbiy provokatsiyalar va terror hujumlarini qoraladi. Bu haqda IHT Bosh kotibiyati bayonotida aytiladi.
IHT Qorabog‘da arman razvedka va sabotaj guruhlari o‘rnatgan minalarning portlatilishi oqibatida tinch aholining o‘limiga sabab bo‘lgan terror harakatlarini qoralashini bildirdi.
Hujjatda halok bo‘lganlarning oila a’zolari, Ozarbayjon hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik bildirilgan.
Bosh kotibiyat Armanistonni 2020 yil 10 noyabrda Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida imzolangan uch tomonlama deklaratsiya shartlariga muvofiq, o‘z Qurolli kuchlarini Qorabog‘dan olib chiqib ketishga va o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.
“2023 yil 16-17-mart kunlari Mavritaniyada bo‘lib o‘tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 49-sessiyasida qabul qilingan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni bir-birining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xalqaro miqyosda tan olingan chegaralarini hurmat qilish asosida normallashtirishni talab qilamiz”, deyiladi bayonotda.
Bosh kotibiyat Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keng qamrovli muzokara jarayonini davom ettirish mintaqada tinchlik, xavfsizlik, farovonlik va doimiy barqarorlikni o‘rnatishning yagona yo‘li, deb hisoblaydi.
LiveBarchasi