IHT Isroilning Al-Aqso masjidi hududidagi harakatlarini qoraladi

Olam

image

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Ijroiya qo‘mitasi Isroil tomonidan bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Islom ziyoratgohi – Al-Aqso masjidi hududidagi xatti-harakatlar munosabati bilan navbatdan tashqari yig‘ilish chaqirdi. 

Saudiyaning Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishning ochilishida so‘zga chiqqan IHT Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha Isroil tomonining Al-Aqso mintaqasidagi harakatlarini qoraladi, bu esa, uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatning keskinlashuviga hissa qo‘shadi va Yaqin Sharqdagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdiddir.

IHT Bosh kotibi isroilliklarning Islom ziyoratgohi hududidagi harakatlarini “xalqaro huquqni buzish”, shuningdek, “musulmonlarning tuyg‘ularini haqorat qilish” deb atadi. 

Uning qayd etishicha, Tel-Avivning asl maqsadi etnik xarita va Quddus ziyoratgohlari maqomini o‘zgartirish, jumladan, shaharning islomiy merosini butunlay yo‘q qilishdir.

Eslatib o‘tamiz, o‘zining provokatsion harakatlari bilan mashhur bo‘lgan Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir joriy yilning 3 yanvar kuni ertalab Islomning muqaddas maskani – bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga kirdi. Ben Gvirga Isroil politsiyasi xodimlari hamrohlik qilib, Harami Sharifga (Ma’bad tog‘iga) bordilar. 

Milliy xavfsizlik vaziri besh yil ichida Islomning uchinchi muhim ziyoratgohi hududiga kirib kelgan Isroil Vazirlar Mahkamasining birinchi a’zosi bo‘ldi. 

Vazirning xatti-harakatlari musulmon dindorlarning e’tiroziga sabab bo‘lib, bosib olingan Falastin hududlarida keskinlikni oshirdi. 

Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, Qatar va Quvat, BAA va Turkiya Isroil Milliy xavfsizlik vazirining harakatlarini qoraladi.

Ma’lumot o‘rnida, Quddusdagi “Al-Aqso” masjidi musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblanadi.

Mutaassib yahudiylar ziyoratgoh shoh Sulaymon maqbarasi vayronalari o‘rnida barpo etilgan deb, masjid hududiga tez-tez bostirib kiradi.

Isroil va Iordaniya o‘rtasida 1994 yilda tuzilgan kelishuvga binoan “Al-Aqso” masjidi Quddus Islom jamg‘armalari boshqarmasi tomonidan boshqariladi.

Biroq, 2003 yildan beri yahudiylar ma’muriyat ruxsatini e’tiborga olmay, Isroilning bir tomonlama qarori bilan politsiya hamrohligida ziyoratga bostirib kirishni boshladi. Islom jamg‘armalari boshqarmasi bunday harakatlar musulmonlar suverenitetining buzilishi ekanini ta’kidlaydi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning may oyida Isroil-Falastin mojarosi keskinlashib, to‘qnashuvlar boshlangandi. 7 may kuni boshlanib, 11 kun davom etgan o‘zaro havo hujumlari natijasida G‘azo sektorida yashovchi 232 nafar arab halok bo‘lgan va 1900 ga yaqini jarohat olgan. Isroilda esa 12 nafar inson vafot etgan, yuzlab odamlar yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso Isroil Islom hamkorlik tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing