Human Rights Watch tashkiloti Rossiyadan “quvildi”
Olam
−
07 iyul 2023
5532Rossiya Bosh prokuraturasi xalqaro inson huquqlari tashkiloti Human Rights Watch va uning Ukraina, Litva, Gruziya va Armanistondagi filiallari faoliyatini mamlakat hududida “nomaqbul” deb e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
"Olingan materiallarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi Human Rights Watch (HRHF, Norvegiyaning Xalqaro inson huquqlari jamg‘armasi) xalqaro tashkilotini Rossiya Federatsiyasi hududida nomaqbul deb tan olishga qaror qildi. Shuningdek, HRHF tomonidan tashkil etilgan “inson huquqlari uylari”, deb nomlanuvchi xalqaro tarmoqqa kiritilgan The Barys Zvozskau Belarusian Human Rights House (Boris Zvozskov nomidagi Belarus inson huquqlari uyi, Litva Respublikasi), Educational Human rights House Chernihiv (Chernigov inson huquqlari ta’lim uyi, Ukraina), Human Rights House Tbilisi (Tbilisi inson huquqlari uyi, Gruziya), Human Rights House Crimea (Qrim inson huquqlari uyi, Ukraina), Human Rights House Yerevan (Yerevan inson huquqlari uyi, Armaniston Respublikasi) mazkur ro‘yxatga kiritildi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida
Yuqorida nomi sanalgan jamg‘arma va inson huquqlari uylari Rossiyaning “hududiy yaxlitligini buzishga”, ”ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga”, “mamlakat rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatni obro‘sizlantirishga”, ”hokimiyatni konstitutsiyaga zid ravishda o‘zgartirish zarurligi to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakllantirishga” qaratilgani ta’kidlangan.
Bundan tashqari, Bosh prokuraturaga ko‘ra, “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganidan beri bu tashkilotlar “Rossiya va uning qurolli kuchlari tashqi siyosatini obro‘sizlantirish” bilan shug‘ullanmoqda.
"Nodavlat notijorat tashkilotlarining provokatsion axborot kun tartibi Rossiyaning xalqaro maydondagi siyosiy va iqtisodiy izolyatsiyasiga qaratilgan", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi