Samarqandda fuqaro ikki kishini ayovsiz do‘pposlab, ulardan birini o‘ldirib qo‘ydi

Jamiyat

image

Samarqandda 47 yoshli fuqaro tanishining dala hovlisida o‘zaro janjalashib, hovli egasi va uning tanishi jahl ustida ayovsiz kaltaklagan. Oqibatda bir kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Kecha, 13 iyun kuni Samarqand tumanida yashovchi 47 yoshli X.R. tanishi 57 yoshli O.A.ga tegishli Shirinobod MFYda joylashgan dala hovlisida o‘zaro janjalashib, O.A va shu yerda bo‘lgan uning yana bir tanishi 44 yoshli B.B.larning tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada O.A. shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. B.B. shifoxonaga yotqizilgan. X.R. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Samarqand

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing