Huawei Rossiya bozorini tark etyapti. Ishchilar O‘zbekistonga ko‘chirildi

Texnologiya

image

Xitoyning Huawei  kompaniyasi smartfonlarni Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni butunlay to‘xtatdi va nihoyat Rossiya bozorini tark etishi mumkin. Bu haqda bugun, 31 oktyabr kuni “Izvestiya” gazetasi turli uyali aloqa operatorlariga yaqin ikki manbaga, shuningdek, yirik smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyada ishlaydigan manbaga tayanib yozmoqda. 

Huawei, shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga planshetlar, noutbuklar, televizorlar va boshqa jihozlarni import qilmasligi urg‘ulanmoqda.

“Huawei  hozirda o‘z qurilmalarini Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib bermayapti”, deya tasdiqladi nashrning yana bir manbasi. 

Telecom Daily bosh direktori Denis Kuskov “Izvestiya”ga ma’lum qilishicha, ba’zi jihozlar hali ham brendning rasmiy do‘konida sotilmoqda, biroq bular avvalgi yetkazib berishlarning qoldiqlari. Yangi partiyalarning yo‘qligi Huawei onlayn-do‘konining yopilishiga olib kelishi mumkin. Bahorda kompaniya Rossiya Federatsiyasiga uyali aloqa uchun baza stansiyalarini yetkazib berishni to‘xtatdi. Kuskov, shuningdek, kompaniya xodimlarini Qozog‘iston va O‘zbekistonga ko‘chirganini va ular yaqin orada qaytib kelmasligi aniqligini ta’kidladi. 

Huawei kompaniyasining Rossiyadagi iste’molchi biznes guruhining PR-menejeri Mariya Krivsova yetkazib berishni to‘xtatish va sotuvchining Rossiya bozorini tark etish rejalari haqida so‘ralganda bu haqda hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi.  

“Izvestiya”ning Huawei’ning hamkor kompaniyasidagi manbasining aytishicha, agar Huawei Rossiya bozorini tark etsa, brend mahsulotlarini mamlakatga parallel import orqali, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan emas, balki Xitoydagi vositachilardan uskunalar sotib oladigan distribyutorlar orqali olib kirish mumkin bo‘ladi.

“Hozirgi sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish – bu juda murakkab tushuncha. Xiaomi birinchi bo‘lib Xitoydagi hamkori orqali Rossiyaga uskunalarni import qilish sxemasini o‘ylab topdi – u ko‘p yillardan buyon foydalanmoqda. Bunday holda, Rossiyaga tovarlarni yetkazib beradigan Xitoy kompaniyasi barcha xavflarni o‘z zimmasiga oladi, sotuvchining o‘zi esa barcha jarayonlarni nazorat qiladi”, deydi “Mobile Research Group” tahlilchisi Eldar Murtazin nashrga. 


Maqola muallifi

Teglar

Huawei

Baholaganlar

521

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing