Huawei invertorlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi
Biznes
−
08 iyun 2023
5975O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida mamlakatga qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun Huawei kompaniyasining invertorlarini yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida “Yashil Energiya” MCHJ va Huawei kompaniyasi o‘rtasida mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish hamda rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun invertorlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosimda Energetika vazirining o‘rinbosari Akmal Jumaniyozov va Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti janob Van Shunli ishtirok etdi hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash rejalarini o‘zaro muhokama qildilar.
"Huawei joriy yilning boshidan ekotizim va energetika sohasidagi hamkorlari bilan o‘zarao aloqalarni mustahkamlab bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi energetika Vazirligi delegatsiyasi vakillariga kompaniyaning Xitoydagi shtab-kvartirasida joylashgan ko‘rgazma zali, shuningdek, "quyosh" texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi zavodning ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishuv ekskursiyasini uyushtirdi. Sian shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbek-Xitoy biznes-forumi doirasida vazirlik bilan mazkur Huawei yechimlarini O‘zbekistonda joriy etishni tobora kengaytirish bo‘yicha keyingi xarakatlarini belgilovchi memorandum imzolandi. Bugungi kelishuvning imzolanishi mamlakatning uglerod neytralligiga o‘tish jarayonini yanada jadallashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadamlardan biri bo‘ldi.", deya ta’kidladi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori janob Chen Szyakay.
Xitoyning Sian shahridagi uchrashuv va memorandumning imzolanishi 2023 yil 17 may
Huawei Digital Power bo‘linmasi yechimlari bir necha yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasida yirik sanoat elektr stansiyalari, tijorat va sanoat sektori, shuningdek, mahalliy qush elektr stansiyalari uchun fotoelektrik texnologiyalarni joriy etish loyihalarida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Huawei inventorlari 2023 yil 19 may kuni Sian shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbek-Xitoy yutuqlari ko‘rgazmasida Energetika vazirligi stendida ham tomonlar o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik namunasi sifatida namoyish etilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi 2023 yil yanvar oyida Huawei kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, u yerda Huawei Digital Power zavodining ishlab chiqarish quvvati bilan tanishdi. 2021 yildan buyon Huawei Digital Power o‘z e’tiborini toza energiya ishlab chtqarish, transportni elektrlashtirish va yashil AKT infratuzilmasini barpo etish kabi sohalarga qaratib kelmoqda. 2022 yil oxiriga kelib Huawei o‘z mijozlariga 695,1 mlrd kVt/soatdan ziyod “yashil” energiya ishlab chiqarishga va energiya sarfini 19,5 mlrd kVt/soatga kamaytirishga yordam berdi, bu deyarli 340 mln tonna CO2 sarflanishining oldini olishga barobardir.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi