Huawei Honor smartfon brendini sotuvga qo‘ydi
Texnologiya
−
17 noyabr 2020
4934Xitoyning Huawei telekommunikatsiya korporatsiyasi bugun, 17 noyabr kuni o‘zining Honor brendi ostidagi smartfon biznesining bir qismi sotilishini e’lon qildi.
"Huawei Honor'ning barcha aktivlarini Shenzhen Zhixin New Information Technology'ga sotishga qaror qildi", deyilgan Huawei xabarida.
Buning sababi sifatida kompaniya mobil qurilmalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnik tarkibiy qismlarning doimiy ravishda mavjud bo‘lmasligini ko‘rsatgan.
Qayd etilishicha, bitim tugagandan so‘ng Huawei Honor'ning yangi kompaniyasida boshqaruv va qaror qabul qilishda ishtirok etmaydi yoki hech qanday aksiyalarga ega bo‘lmaydi.
Huawei kompaniyasi 2021 yilda o‘z smartfonlariga Harmony 2.0 operatsion tizimini o‘rnatishi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi