HONOR MWC 2026 da Robot Phone, insonsimon robot va Magic8 Pro namoyishi

Biznes

image

Robototexnika innovatsiyalaridan tortib flagman qurilmalargacha – HONOR MWC2026 doirasida o‘zining AI qurilmalar ekotizimini yanada kengaytirdi.

MWC 2026 da HONOR o‘zining Augmented Human Intelligence (AHI) konsepsiyasini ilgari surdi hamda ALPHA PLAN strategiyasini uch asosiy ustun – Alpha smartfon, Alpha Do‘kon va Alpha Lab orqali takommilashtirdi. 

Kompaniya inson markazli sun’iy intellektga bo‘lgan uzoq muddatli sadoqatiga tayanib, harakat va fazoviy ongni o‘zida mujassam etgan, kelajak smartfonlarining yangi avlodini ifodalaydigan Robot Phone konsepsiyasini taqdim etdi. Bu qurilma AI qurilmalarining harakat va interaktiv imkoniyatlarini qayta tasavvur qiluvchi innovatsion yondashuvdir.

HONOR Robot Phone’ga bir nazar tashlang – smartfonning yangi avlodi

Robot Phone – bu yangi turdagi smartfon bo‘lib, u mujassam sun’iy intellektni Robot darajasidagi harakat va kinematik tasvir imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtiradi.

Endi qurilmalar faqat ekran va ovoz buyruqlariga javob bermaydi. HONOR kelajak avlod qurilmalariga nafaqat “miya”, balki “qo‘l va oyoq” ham berayotgandek – AI harakat va kamera harakati orqali yanada ifodali, jismoniy interaktiv tajriba bilan birlashtirmoqda.

Super Steady Video – yuqori harakatli vaziyatlarda barqarorlikni oshiradi.

AI Object Tracking – qurilma obyektlarni real vaqt rejimida aqlli ravishda kuzatadi.

AI SpinShot – 90° va 180° aqlli aylanish harakatlarini qo‘llab, bir qo‘lda ham kinoga xos silliq va kreativ o‘tishlarni yaratish imkonini beradi.

200MP sensor va barqaror gimbal kamerasi asosida ishlab chiqilgan Robot Phone foydalanuvchilarga shunchaki lahzalarni emas, balki hayot hikoyalarini yaratish imkonini beradi.

HONOR MWC 2026 da kino sanoatida 100 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan afsonaviy brend – ARRI bilan strategik texnologik hamkorlikni rasman e’lon qildi.

Ushbu muhim hamkorlik mobil tasvir texnologiyalariga kino standartlarini olib kirishda yangi bosqichni boshlab beradi. Kelishuv yuqori darajadagi kino ishlab chiqarish dunyosidan tortib, yangi avlod kontent yaratuvchilarigacha bo‘lgan kreativ imkoniyatlarni kengaytiradi.

MWC innovatsiyalari – HONOR Magic8 Pro’ning yangi avlod tasvir imkoniyatlari

MWC 2026 da taqdim etilgan innovatsiyalar nafaqat kelajakdagi aqlli qurilmalar haqida tasavvur beradi, balki allaqachon HONOR flagman smartfonlarining imkoniyatlarini kuchaytirmoqda.

AI asosidagi tasvirlash, harakat stabilizatsiyasi va aqlli idrok texnologiyalaridagi yutuqlarga tayangan holda, ushbu innovatsiyalar O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan HONOR Magic 8 Pro imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Yangi flagman sanoat standartidagi CIPA reytingli stabilizatsiyani 5.5 stopdan 6.5 stopgacha oshirdi – bu smartfon fotografiyasi va videotasvir uchun yangi benchmark hisoblanadi.

HONOR’ning robotlashtirilgan tasvir tizimlarida namoyish etilgan ilg‘or harakat boshqaruvi texnologiyalaridan ilhomlangan Magic 8 Pro murakkab sharoitlarda ham yuqori barqarorlikni ta’minlaydi. Natijada foydalanuvchilar yanada tiniq fotosuratlar, silliq videolar va kinematik tasvirlarni yuqori aniqlik bilan yaratish imkoniga ega bo‘ladilar.

AI davri uchun aqlli qurilmalar va robot texnologiyalarini rivojlantirish

Tadbir doirasida HONOR o‘zining ilk inson shaklidagi robotini ham rasman namoyish etdi. Bu kompaniyaning mobil texnologiyalar sohasidagi tajribasidan foydalangan holda iste’mol darajasidagi robotlarni yaratish yo‘lidagi strategik harakatini anglatadi.

HONOR Robotlari uch asosiy ssenariyga yo‘naltiriladi:

xarid jarayonlarida yordam;

ish joylarida nazorat va inspeksiya;

hamda ayniqsa qo‘llab-quvvatlovchi va interaktiv hamroh funksiyalari.

Robot Phone, inson shaklidagi Robot, HONOR Magic 8 Pro, Magic V6, MagicPad 4 va MagicBook Pro 14 birgalikda HONOR’ning AHI konsepsiyasini raqamli va jismoniy tajribalar orqali kengaytirayotganini namoyish etadi.

HONOR MWC 2026 da innovatsion mahsulotlari bilan global e’tirofga sazovor bo‘ldi

MWC 2026 doirasida global AI qurilmalar ekotizimi yetakchisi bo‘lgan HONOR o‘zining innovatsion yondashuvi uchun xalqaro media tomonidan keng e’tirofga sazovor bo‘ldi. Kompaniya Augmented Human Intelligence (AHI) konsepsiyasi, robototexnika innovatsiyalari, flagman buklanuvchi qurilmalari hamda kengayib borayotgan AI qurilmalar ekotizimi bo‘yicha 70 dan ortiq media mukofotlarini qo‘lga kiritdi. 

HONOR haqida

HONOR – global miqyosda yetakchi AI qurilmalar ekotizimi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya sun’iy intellekt davrida va undan keyingi bosqichlarda agentlik AI ekotizimini barcha iste’molchilar bilan bog‘lash maqsadida inson va qurilma o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tubdan yangilashga intiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun HONOR rasmiy saytiga tashrif buyuring: 

HONOR O‘zbekistonning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

HONOR Augmented Human Intelligence ALPHA PLAN

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing