Raqobat kuchaymoqda: Galaxy S26 taqdimotidan keyin hamma nigoh endi HONOR Magic 8 Pro’dami?
Biznes
−
02 mart 4492 4 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samsung Galaxy S26 haqidagi yangiliklar tarqalayotgan bir paytda, HONOR suhbatni o‘zgartirdi. Samsung Galaxy S26 rasmiy taqdimotidan so‘ng, HONOR Uzbekistan o‘zining yangi avlod flagmani – kutilayotgan HONOR Magic 8 Pro kelishini ishora qiluvchi dadil va ishonchli ijtimoiy kampaniyani boshladi. Bugun brend o‘zining navbatdagi flagmanini ilk bor O‘zbekistonda – HONOR Magic 8 Pro’ni tizer ko‘rinishida namoyish etdi. Ushbu qurilma raqobatchilardan ikki eng talabchan yo‘nalishda ustun bo‘lish uchun yaratilgan: ekstremal past yorug‘likda fotografiya va proaktiv sun’iy intellekt.

Boshqalar bosqichma-bosqich yangilanishlarga e’tibor qaratayotgan bir vaqtda, HONOR “Tunning Qiroli” kamera tizimini taqdim etmoqda. 200MP Ultra Night Telephoto kamerasi bilan jihozlangan Magic 8 Pro deyarli to‘liq qorong‘ulikda ham – masalan, Toshkentdagi Islom sivilizatsiya markazi yoki eng qorong‘i kutubxonalarda – boshqa smartfon sensorlari faqat xira oladigan masofalardan ham aniq va tiniq suratlar olishga mo‘ljallangan.

.jpg)
Raqiblar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash o‘rniga, HONOR Uzbekistan ijtimoiy tarmoqlar orqali kreativ yondashuvini qo‘llamoqda. Qiziqarli vizual materiallar, keskin xabarlar va tungi suratga olishga qaratilgan tizerlar orqali brend o‘zining “haqiqiy flagman evolyutsiyasi” deb atagan konsept atrofida qiziqish uyg‘otmoqda.
Strategik ijtimoiy media harakati
Samsung’ning yangi S26 taqdimoti davrida HONOR ijtimoiy sahifalarida (Instagram va Telegram) sirli, ammo kuchli xabarlar bilan chiqishni boshladi va “Qadrli Sam” (Samsung)ga qaratilgan ijodiy ishoralar berdi, jumladan:
- “HONOR Magic 8 Pro kamerasi bilan “Galaxy” ham yorqinroq porlaydi”
- “Haqiqiy flagman o‘z Mo‘’jizasini topadi”
- Samsung kampaniyasidagi “Sening smartfoning bunga qodirmi?” savoliga javoban – kechgi ultra-telefoto surat namunasini ko‘rsatib, “Albatta, va bundan ham yorqinroq. Yorug‘lik bizning qo‘limizda” degan mazmunda javob berishdi.
.jpg)
Ayniqsa, bu yondashuv kuchli vizual kontent va tungi fotografiya imkoniyatlarini namoyish qilish orqali raqobatga ijodiy javob sifatida taqdim etilmoqda.
Postlar HONOR’ning Ultra AI Tungi fotografiyasi, yangi avlod protsessor quvvati va premium dizayn bo‘yicha kuchli tomonlarini nozik tarzda yoritib, yaqin orada bundan ham kattaroq yangiliklar bo‘lishiga ishora qilmoqda.
HONOR Magic 8 Pro O‘zbekistonda flagman standartlarini qayta belgilashi kutilmoqda, jumladan:
- Ilg‘or AI asosidagi tasvirlash tizimi (Aimage Camera);
- Inqilobiy Ultra Tungi fotografiya imkoniyatlari;
- Premium va mukammal dizayn;
- Flagman darajasidagi yuqori samaradorlik optimizatsiyasi;
- Aqlli AI ekotizim integratsiyasi;
- Va kuchli prosessor va batareya.
To‘liq texnik xususiyatlar tez orada e’lon qilinsa-da, dastlabki tizerlar Magic 8 Pro’ni shunchaki raqobatlashish uchun emas – balki yetakchilik qilish uchun yaratilgan qurilma sifatida qaralmoqda.
| Xususiyatlari | Samsung Galaxy S26 Ultra | HONOR Magic 8 Pro |
| Telefoto Sensor | 50MP (1/2.52" sensor) | 200MP (1/1.4" sensor) |
| Tungi Zoom | ProVisual Engine | AiMAGE Night Engine |
| Selfie | 12 MP,F2.2 | 50MP Front Camera(F2.0) + 3D Depth Camera |
| Ko‘z salomatligi | Low Blue Light Filter | AI Defocus + 4320Hz PWM |
| Ekran maksimal yorqinligi | 2,600 nits | 6,000 nits |
| Batereya texnologiyasi | Standard Li-ion (5,000mAh) | Silicon-Carbon (7,100mAh) |
| Quvvatlash tezligi | Simli:60W Simsiz:25W |
Simli: 100 W, Simsiz: 80 W |
| AI Funksiyalar | Photo Assist Bixby Setting Agent Gemini Automation Samsung Browser Now Nudge Knox security |
AI tugmasi AI Screen Suggestions AI Agent(Setting+Photos) AI Deepfake Detection + Voice Clonning Detection |
HONOR’ning O‘zbekistondagi flagman mavqeini mustahkamlashi
O‘zbekiston HONOR uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy bozorlardan biri bo‘lib qolmoqda. HONOR Magic 8 Pro esa brendning shu paytgacha eng ambitsiyali va birinchi bor flagman taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda. Jasur ijtimoiy hikoyalar va o‘z vaqtida amalga oshirilgan kommunikatsiya orqali HONOR o‘zini innovatsion texnologiya yetakchisi sifatida yanada mustahkamlaydi.
Premium smartfon segmentida raqobat kuchayib borar ekan, bitta xabar aniq bo‘lib qolmoqda:
“Galaxy” taqdim etildi. Ammo haqiqiy Mo‘’jiza (Magic) 6 mart kuni rasman sotuvini boshlash arafasida.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi